«Mening Vatanim — mening qalbimda»



TATUda talaba-qizlar ishtirokida jamoaviy hamkorlik, o‘zaro ishonch va liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan interaktiv Team Building tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar jamoaviy topshiriqlar, ijodiy mashqlar va hayotiy vaziyatlarga asoslangan interaktiv jarayonlar orqali Vatan, oila, mehr-oqibat, inson qadri va shaxsiy mas’uliyat kabi muhim tushunchalar haqida fikr almashdilar.

Qiziqarli topshiriqlar jarayonida talaba-qizlar tashabbuskorlik, hamjihatlik va jamoada ishlash ko‘nikmalarini namoyon etdilar.