![](https://static.tuit.uz/crop/3/9/850__80_3902924166.jpg)
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Radio va mobil aloqa fakulteti, Elektronika va radiotexnika kafedrasi o‘qituvchilari X.X.Shoyusupova, T.U. Nurmuxamedova va A.X. Abdullayevlar Toshkent shahridagi 21-Mehribonlik uyiga bordilar.
Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining kuzgi ta’til vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Elektronika va sxemotexnika” bo‘yicha master-klass darslari va to‘garak tashkil qilish bo‘yicha rahbariyat bilan kelishib olindi.
![](https://static.tuit.uz/uploads/1/720__kIirsFwVSjdeIOM8-mejFb6fVa5tqz9N.jpg)
![](https://static.tuit.uz/uploads/1/720__8_98gB24srmYh0qeedcIfkKSB-KrhiKQ.jpg)
![](https://static.tuit.uz/uploads/1/720__ankuJSvh5zH7haZGNGhtzLPInAk7k8Rh.jpg)