Media olamida yirik kontent yaratuvchiga aylaning: "Debyut" sizni kutmoqda!

  • Главная
  • Media olamida yirik kontent yaratuvchiga aylaning: "Debyut" sizni kutmoqda!

Darslarni media olamining yulduzlari – Bobur Mansurov, Jaloliddin Mirzayev, Munavvara Abdullayeva, Komol Qahhorov, Sarvar Bohodirov, Mavluda Hikmatova, Nigora Abdullahonova, Mahliyo Asqaraliyeva, Gulruh Pirnazarova, Sardor Rustamboyaev hamda Sadulla Abdullayev kabi tajribali mutaxassislar interaktiv tarzda olib bormoqda.

📢 Hali kech emas! "Darslar boshlanib ketdi, men ulgurmadim",- deb o‘ylayapsizmi? Aslo! Loyihamiz eshiklari yangi iqtidorlar uchun hali ham ochiq. Siz hozir ham ushbu ijodiy jamoaga qo‘shilishingiz va professional bilimlar poydevorini qurishingiz mumkin.

📌Loyiha ishtirokchisi bo‘lish shartlari:

➡️18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;
➡️ Vaynerlik va media sohasiga kuchli qiziqish;
➡️Toshkent shahrida istiqomat qiladigan yoki har kuni darslarga qatnash imkoniyati mavjud bo‘lgan yoshlar.

☕️ Ishtirokchilar uchun bepul tushlik tashkil etilgan.

🖋 Qanday ro‘yxatdan o‘tish mumkin? Bugunoq @debyutuzbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘ting va o‘z kreativ salohiyatingizni dunyoga namoyon qiling.

“Debyut” — bu nafaqat boshlanish, bu sizning kashfiyotingiz!