“Matonatingiz oldida bosh egamiz”

O‘tganlarning nomlarini yod etish, xotirasini hurmat bilan eslash, ularning arvohlarini shod qilish muqaddas odat sifatida qon-qonimizga singib ketgan. Universitetda ko‘p yillar davomida mehnat qilib, hozirda nafaqada bo‘lgan faxriylar va hozirda faoliyat yuritayotgan faxriy ustozlarimiz mehnati va matonati oldida bosh egamiz.

"Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan, 6 may kuni TATU rektori U.Xamdamov boshchiligida BKUQ raisi M.Nazarov va bir guruh universitet xodimlari front ortida mehnat qilgan faxriy Pojitnix Mariya Alekseevna uyiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida Mariya Alekseevna urush davri xotiralari bilan o‘rtoqlashdi. O‘zining hayot faoliyati haqida gapirib berdi.

Mehnat faxriysiga 400.000 ming so‘m miqdorida mukofot puli va sovg‘alar topshirildi.

Xotira bu – tarixdir. U kechagi o‘tmishni, ajdodlar o‘gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. Xotira so‘zining yonginasida QADR iborasi ham ishlatiladi. Qadrlash ma’naviyatimizni, mafkuramizni boyitib turuvchi oliy qadriyatdir. Xotira va Qadr bir-birisiz yasholmaydi, aytilmaydi. Mana shu ikki tuyg‘u hamisha bir-birini tark etmasin!

 

“Matonatingiz oldida bosh egamiz”

 

“Matonatingiz oldida bosh egamiz”