Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Dasturiy injiniringi fakulteti Oliy matematika kafedrasi professor-o‘qituvchilari Bektemir tumanidagi 289-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi matematika fani o‘qituvchilari ishtirokida "Master klass" mashg‘ulotlari tashkil qilindi.
Olib borilgan mashg‘ulotlarda maktabdagi matematika o‘qituvchilarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish, darslar davomida o‘quvchilarga fanning murakkab jihatlarini tushuntirish, yangi pedagogik texnologiyalarga keng e’tibor qaratildi.