M-Faktor asoschilari va zamonaviy biznes vakillari Xasan va Xusan Mamasaidovlar bilan “Biznesni boshlashda muvaffaqiyat va magʼlubiyat omillari” mavzusida master klass boʼlib oʼtdi.

  • Главная
  • M-Faktor asoschilari va zamonaviy biznes vakillari Xasan va Xusan Mamasaidovlar bilan “Biznesni boshlashda muvaffaqiyat va magʼlubiyat omillari” mavzusida master klass boʼlib oʼtdi.

Joriy yilning 6 aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti katta majlislar zalida M-Faktor asoschilari va zamonaviy biznes vakillari Xasan va Xusan Mamasaidovlar bilan “Biznesni boshlashda muvaffaqiyat va magʼlubiyat omillari” mavzusida master klass boʼlib oʼtdi.

Savol-javoblarga boy boʼlgan ushbu tadbir biznesni amalga oshirmoqchi boʼlgan talaba-yoshlar uchun muvaffaqiyat omillaridan biri boʼldi. Nazariy bilimlarini amaliyot bilan bogʼlagan, bir necha tadbirkorlik korxonalarga asos solgan hamda muvaffaqiyatga erishishdagi magʼlubiyatlarini maktab deb hisoblagan ushbu biznes vakillari talabalar uchun juda qiziqarli uchrashuvni tashkil etdilar.