Malayziyada TATU ishtiroki: xalqaro forum, muhim ma’ruza va yangi hamkorlik

  • Главная
  • Malayziyada TATU ishtiroki: xalqaro forum, muhim ma’ruza va yangi hamkorlik



Malayziyada TATU ishtiroki: xalqaro forum, muhim ma’ruza va yangi hamkorlik

Malayziyada, Melaka Texnika universitetida o‘tkazilayotgan “O‘zbekiston – Malayziya universitetlari ayol olimalari xalqaro forumi”da Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti olima ayollari faol ishtirok etmoqda.

Forumning navbatdagi kunida universitetimiz olimasi, t.f.d., professor E. Nazirova “Zamonaviy universitetlar va ta’lim transformatsiyasi” mavzusida ma’ruza bilan qatnashdi. Mazkur taqdimotning asosiy maqsadi — milliy va xalqaro oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ta’lim transformatsiyasini rivojlantirish, shuningdek talabalar almashinuvi dasturlari orqali hamkorlikni kengaytirishdan iborat bo‘ldi.

Shuningdek, TATUda raqamli ta’lim transformatsiyasi va startap loyihalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar videorolik ko‘rinishida namoyish etilib, forum ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi hamda yangi hamkorlik tashabbuslari uchun asos yaratdi.

Forum yakunida esa yana bir muhim qadam qo‘yildi — TATU hamda Universiti Kebangsaan Malaysia o‘rtasida rasmiy hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Kelishuv quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:
• professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va talabalar almashinuvi
• qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalari va xalqaro konferensiyalar
• AKT sohasida qo‘shma ta’lim dasturlari va kurslar ishlab chiqish
• ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar bo‘yicha ilg‘or tajriba almashinuvi.


Ushbu hamkorlik TATUning xalqaro maydondagi mavqeini yanada mustahkamlab, universitetlararo ilmiy va akademik aloqalarni yangi bosqichga olib chiqadi.