Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Davlatimiz rahbarining 2023-yil 22-dekabr kuni "Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi"da mahallalarda maʼnaviy-maʼrifiy muhitni isloh qilish haqidagi topshirig‘ining ijrosini taʼminlash maqsadida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.
🔂Ushbu tadbirlardan maqsad – Yangi О’zbekistonni bunyod etish yо’lida amalga oshirilayotgan keng kо’lamli islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga hayotiy misollar va dalillar orqali sodda, tushunarli shakllarda yetkazishdan iborat.
🪫Tadbir yakunida madaniyat xodimlarining badiiy chiqishlari barchaga yuqori kayfiyat bag‘ishladi.