Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti magistratura mutaxassisliklarida qo‘shimcha qabul asosida ta’lim olish istagida bo‘lgan abituriyentlar diqqatiga!

  • Главная
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti magistratura mutaxassisliklarida qo‘shimcha qabul asosida ta’lim olish istagida bo‘lgan abituriyentlar diqqatiga!
#TATU
#Magistratura_qabul
 
🎓Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti magistratura mutaxassisliklarida qo‘shimcha qabul asosida ta’lim olish istagida bo‘lgan abituriyentlar diqqatiga!
 
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti magistratura mutaxassisliklariga qo‘shimcha (oshirilgan to‘lov-shartnoma asosida) qabul bo‘yicha arizalarni (ariza topshirganlar bundan mustasno) joriy yilning

16-noyabr kunlari, soat 09:00 dan 17:00 ga qadar universitetning E-bino 217-xonasida qabul qilinadi.
 
📄Ariza topshirish istagidagilar shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari bilan (passport) shaxsan o‘zlari kelib yuqoridagi manzilda, belgilangan vaqt oralig‘ida ariza yozib topshirishlari kerak bo‘ladi.
 
✅Arizalari OTM qabul komissiyasi tomonidan ijobiy qanoatlantirilgan abituriyentlar toʻlov shartnoma miqdorining kamida 50 foizini bajarishining oxirgi muddati 2021-yil 20-noyabr.
 
📑16-noyabr kuni soat 09:00 dan, 17:00 gacha universitetning buxgalteriya bo‘limiga kelib SHARTNOMANI olib ketishingiz so‘raladi.
 
📌Eslatib o‘tamiz, qo‘shimcha qabul asosida magistratura mutaxassisliklarida ta’lim olish uchun ariza beruvchilar, mutaxassislik fanidan belgilangan maksimal ballning 40 foizi (40 ball) va undan yuqori ball toʻplagan bo‘lishlari lozim.