“Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-81-son qarori talablarini ta’minlash maqsadida universitetda navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi.

  • Главная
  • “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-81-son qarori talablarini ta’minlash maqsadida universitetda navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiining 2022-yil 12-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-81-son qarori talablarini ta’minlash maqsadida universitetda navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi.

☑️ Seminar davomida universitetning boshqarma va bo‘lim rahbarlari hamda komplayens nazorati bo‘yicha mas’ul xodimlari ISO 37001:2025 xalqaro standarti asosida korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi bo‘yicha o‘qitildi.

🔹 Mashg‘ulotlarda korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy yondashuvlari, xavflarni aniqlash va baholash mexanizmlari, ichki nazorat tizimlarini takomillashtirish hamda xalqaro standartlar talablarini amaliyotga joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Mazkur o‘quv jarayoni universitetda ochiqlik, shaffoflik va halollik tamoyillarini yanada mustahkamlash, korrupsiyaning oldini olish hamda samarali boshqaruv tizimini rivojlantirishga xizmat qiladi.