Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Raqamli texnologiyalar konvergensiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Ma’lumotlar bazasi” fani bo‘yicha olimpiada ikki bosqichda tashkil etildi.

  • Главная
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Raqamli texnologiyalar konvergensiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Ma’lumotlar bazasi” fani bo‘yicha olimpiada ikki bosqichda tashkil etildi.

Mazkur olimpiada talabalarning ma’lumotlar bazalarini loyihalash va tahlil qilish bo‘yicha mantiqiy fikrlashini rivojlantirish, ularning bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida o‘tkazildi.

🏆 Olimpiada natijalariga ko‘ra quyidagi talabalar faxrli o‘rinlarni egallashdi:
🥇 1-o‘rin — Juravoyev Shams Ruzmat o‘g‘li, Dasturiy injiniring fakulteti talabasi;
🥈 2-o‘rin — Axmadjanov Abrorbek Quyoshbek o‘g‘li, Kompyuter injiniringi fakulteti talabasi;
🥉 3-o‘rin — Samatov Elfat Rinatovich, Dasturiy injiniring fakulteti talabasi;
🥉 3-o‘rin — Ravshanov Amirshox Inoyatovich, Kiberxavfsizlik fakulteti talabasi.

🎁 G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.