Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoasi ishtirokida aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlariga bag‘ishlangan maxsus seminar bo‘lib o‘tdi.

  • Главная
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoasi ishtirokida aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlariga bag‘ishlangan maxsus seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi PF-173-sonli “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-oktabrdagi 629-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, ro‘yxatga olish jarayonlarini keng yoritib borish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida maxsus seminar tashkil etildi.

Seminarda tegishli soha mutaxassislari tomonidan aholini ro‘yxatga olishning maqsadi va ahamiyati, ro‘yxatga olish savolnomalarini to‘ldirish jarayoni hamda jarayonda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash masalalari yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.

Seminarda farmon va qarorlarning mazmun-mohiyati, aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonining ahamiyati, uni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsadlar hamda statistika tizimining ishonchli ma’lumotlar bazasini shakllantirishdagi roli batafsil tushuntirildi.

Seminar yakunida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va mazkur jarayonlarda faol ishtirok etishlari zarurligi ta’kidlandi.