E'lon! Talabalar diqqatiga!!!

Barcha talabalar diqqatiga!!! “IT-planeta 2016/2017” nomli axborot texnologiyalari sohasida Xalqaro olimpiadasi o‘tkazilayotganligini TATU rahbariyati e’lon qiladi. Quyidagi ro‘yhatda keltirilgan nominatsiyalar bo‘yicha olimpidaga qatnashishni xohlovchi talabalar http://world-it-planet.org/takepart/ veb sahifa orqali ro'yxatdan o'tishingizni so‘raymiz. Ro'yxatdan o'tish muddati 2016 yil 30 noyabrgacha belgilangan.

Nominatsiyalar ro'yxati:

• Dasturlash

• Bulutli hisoblash va ma'lumotlar bazasi

• Telekommunikatsiya

• Yuzabiliti

• Mobil platformalar

• Raqamli ijod

• Erkin dasturiy ta’minot va robototexnika

Qo‘shimcha ma’lumotlarni http://world-it-planet.org/about/ saytidan yoki Xalqaro aloqalar bo‘limi va Kompyuter injiniring fakulteti dekanatidan olishingiz mumkin.