Iqtidorli hamda faol talabalar va magistrlar diqqatiga!

  • Главная
  • Iqtidorli hamda faol talabalar va magistrlar diqqatiga!

Maʼlumki, har oʻquv yili yakunida iqtidorli talabalarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish maqsadida turli nomdor stipendiyalar, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, Beruniy nomidagi  davlat stipendiyasiga talabalar nomzodlari tavsiya etiladi. Shuningdek, universitetning iqtidorli talabalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Muhammad    al-Xorazmiy nomidagi stipendiya hamda Oʻzbekiston Radiotexnika, elektronika va aloqa ilmiy-texnik jamiyati ham  oʻzlarining maxsus stipendiyasi joriy etilgan.

Shu sababli, yuqorida koʻrsatilgan Davlat stipendiyalari hamda soha stipendiyalariga nomzod talabalar xujjatlarini Nizom talablariga muvofiq rasmiylashtirib,  joriy yilning 30-may kuniga qadar Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish boʻlimi (224-xona, G.Ahmedjanova)ga topshirishlari mumkin.

Stipendiyalar Nizomlari bilan universitetning tuit.uz saytining “talabalarga” ruknining stipendiyalar va grantlar boʻlimida tanishish mumkin.  

 TATU matbuot xizmati