19-noyabr kuni Xalqaro press klub tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida “IPC-CUP” kibersport musobaqasining final bosqichi o‘tkazildi.
Final bellashuvlari yakuniga ko‘ra quyidagi g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
FIFA Solo (yakkalik) yo‘nalishi bo‘yicha
1-o‘rin – Shohrux Shermatov (O‘zbekiston milliy universiteti)
2-o‘rin – Muzaffar Smailov (Toshkent axborot texnologiyalari universiteti)
3-o‘rin – Shingiz Ahmedov (Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent filiali)
FIFA Duo (jamoaviy) bo‘yicha
1-o‘rin – Javlon Esonov va Qahramon Solihboyev (O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti)
2-o‘rin – Diyor Umirzakov va Asilbek Asadov (Vebster universiteti)
3-o‘rin – Sardorxo‘ja Akromxo‘jayev va Azizxon Toirxonov (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti)
PUBG bo‘yicha jamoaviy natijalar
1-o‘rin – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
2-o‘rin – Vebster universiteti
3-o‘rin – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
CS2 bo‘yicha jamoaviy natijalar
1-o‘rin – Vebster universiteti
2-o‘rin – Inha universiteti
3-o‘rin – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.



