INTELLEKTUAL MULK AQLNI PULGA AYLANTIRADI

         Ilm-fan va innovatsiyani rivojlantirish, bu sohadagi yutuqlarni yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotga aylantirishda intellektual mulkning ishonchli himoyasini taʼminlash juda muhim. Dunyoda tovarlarning brend qiymati yuqori hisoblanadi. Intellektual mulk Yevropada yalpi ichki mahsulotning 45 foizini, Xitoyda 12, Rossiyada 7 foizni tashkil etadi. Afsuski, mamlakatimiz bu borada dunyo bozoridan uzoqlashib ketdi. Na tegishli idoralar va na hudud rahbarlari intellektual mulk masalasiga eʼtibor berdi. Shu sababli ixtirochi olim va ijodkorlarimiz xorijga chiqib ketdi. Ilmiy institutlarimiz innovatsiyalar, tarmoqlar esa xaridorgir ishlanma va brendlar yarata olgani yoʻq. Oʻtgan yili 400 ga yaqin ixtiro, 110 ta foydali model, 170 ta sanoat namunasi, 36 ta seleksiya yutugʻi roʻyxatga olingan boʻlsa-da, atigi 43 ta ilmiy ishlanma tijoratlashtirilgan, xolos”. (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil  12-oktyabr kuni intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan oʻtkazgan yigʻilishida soʻzlagan  nutqidan).

       “Xalq soʻzi” gazetasining 2020-yil 8-noyabrdagi sonida chop etilgan  Baxtiyor Omonovning maqolasi Yurtboshimizning chaqirigʻiga javoban yozilgan boʻlib, unda chet ellarda eng serdaromad soha boʻlgan intellektual mulk sohasi haqida tushuncha, jahonda tizimning qanday ishlashi, ixtirochilik  va innovatsiya tandemi zarurligi, Oʻzbekistonda bu sohaning oʻrni, imkoniyatlari, ayrim muammolari va ularning yechimi yaxshi ochib beriladi.  

Gazetani o'qish PDF