Joriy yilning 15-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Qozon Federal universitetini axborot texnologiyalari va intellektual tizimlari institutining Rivojlantirish ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Maksimova I.A. va N.I. Lobachevskiy nomidagi Matematika va mexanika institutining ilmiy faoliyat bo‘yicha direktor o‘rinbosari Tazyukov B.F. lar tashrif buyurdi
Uchrashuvda I.A.Maksimova va B.F.Tazyukov o‘z institutlarida olib borilayotgan faoliyati va hamkorlik takliflari tinglandi. Har ikki universitetlarning tarixi, bugungi ko‘rsatgichlari, erishgan yutuqlari va imkoniyatlari haqida gapirildi. Undan so‘ng tomonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan muhokamalarga o‘tishdi. Muhokamalarda Dasturiy injiniring fakulteti va AKT sohasida kasb ta’limi fakulteti professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi, hamda qo‘shma loyihalar va o‘quv kurslarni tashkil etish bo‘yicha har ikki tomonning imkoniyatlari o‘rganildi.
Shuningdek tomonlar kelgusida hamkorlik aloqalarini kengaytirish va rivojlantirish yuzasidan Anglashuv Memorandumini imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Memorandumga ko‘ra quyidagi masalalar yuzasidan hamkorlik qilishga kelishildi:
🔹xalqaro konferensiyalar tashkil etish;
🔹xalqaro loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish;
🔹ta’lim va tadqiqot resurslarini almashinish va boshqa bir qator masalalar.