“Ilm yulduzlari” ko‘rik-tanlovi sarhisoblari.

2015 yil 10 dekabr kuni Moskva davlat universitetining Toshkent filiali Majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim Vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi va O‘zbekiston xotin-qizlar "Olima” uyushmasi tashabbusi bilan mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan iqtidorli, fidoyi xotin-qizlarning ilmiy izlanishlarini qullab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida «Ilm yulduzlari» intellektual ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha fan doktori ilmiy darajasiga da’vogar, ilmiy doiralarda o‘z salohiyatini namoyon qilgan 25-40 yoshgacha bo‘lgan tadqiqotchi olima ayollar qatnashib, har birlari dolzarb muammolarga doir intellektual g‘oyalarini taklif etishga muyassar bo‘ldilar.

Ushbu ko‘rik-tanloviga ishtirokchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublika Bosh vazirining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi E. E. Bositxonova, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vaziri, iqtisod fanlari doktori A.V. Vaxobov, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademigi, kimyo fanlar doktori, professor S.Sh. Rashidova, O‘zbekiston hotin-qizlar "Olima” uyushmasi raisi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti professori, tarix fanlari doktori R. X. Murtazaeva va boshqalar tashrif buyurdilar.

Ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida 3 ta faxriy o‘rin va quyidagi nominatsiyalar e’lon qilingan bo‘lib: "Eng yaxshi ilm sohibi”, "Eng zukko va topqir ishtirokchi”, "Eng mohir milliy qadriyatlar targ‘ibotchisi”, "Eng innovatsion g‘oya sohibi”, "Tomoshabinlar e’tiboriga sazovor ishtirokchi”, bellashuv natijalariga ko‘ra: 3 ta faxriy o‘rinni quyidagi ishtirokchilar egalladilar:

1-o‘rinni Bugdoy unumdorligini oshirishga doir loyihasi bilan

Termez Davlat Universiteti katta ilmiy xodim-tadqiqotchisi Qurbanova Nafosat Sattorovna, 2- o‘rinni "Internet jurnalistikasi” nomli loyihasi bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetining "Jurnalistika” fakulteti o‘qituvchisi Muradova Nozima Faxritdinovna va nihoyat 3-o‘rinni "Biologik populyatsiya masalalarini matematik modellashtirish” loyihasi bilan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi "Dasturiy maxsulotlar va apparat-dasturiy majmualar yaratish markazi” katta ilmiy xodim-tadqiqotchisi Muxamedieva Dildora Qabilovna.

Tanlov g‘oliblari kelajakda Respublikamiz ravnaqi yo‘lida bajarilishiga qaratilgan bir qator loyihalari va rejalari bilan bo‘lishdilar. Jumladan, Muxamedieva Dildoraning rejalariga ko‘ra 2016 yil O‘zbekistonda "Sog‘lom ona va sog‘lom bola yili” deb e’lon qilinganligi tufayli u o‘z loyihasi bo‘yicha Respublika "Akusherlik va genekologiya” instituti bilan tuzilgan shartnoma asosida hamkorlik qilib shu yo‘ldagi izlanishlarini davom etishini bildirdi.

 

“Ilm yulduzlari” ko‘rik-tanlovi sarhisoblari.

 

“Ilm yulduzlari” ko‘rik-tanlovi sarhisoblari.

 

“Ilm yulduzlari” ko‘rik-tanlovi sarhisoblari.

 

“Ilm yulduzlari” ko‘rik-tanlovi sarhisoblari.

 

“Ilm yulduzlari” ko‘rik-tanlovi sarhisoblari.

 

“Ilm yulduzlari” ko‘rik-tanlovi sarhisoblari.