HURMATLI TALABA QIZLAR

DIQQAT E’LON

HURMATLI TALABA QIZLAR

Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi “Women STEM” stipendiya dasturiga 2023-yil uchun hujjatlar qabuli boshlanganligini ma’lum qildi.

Mazkur stipendiya dasturi Buyuk Britaniya Oliy ta’lim muassasalarida ayollarni “STEM” (fan, texnologiya, muhandislik, matematika) fanlariga o‘qitish imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan.
Dasturda ishtirok etish uchun hujjatlar 2023-yilning 30-mart kuniga qadar qabul qilinadi. Stipendiya dasturiga talabgorlar Britaniya Kengashi tomonidan ochiq tanlov asosida saralanadi.
Magistraturaning (fan, texnologiya, muhandislik, matematika) mutaxassisliklarida tahsil olish uchun O‘zbekistonga 3 ta grant o‘rni ajratilgan. Ta’lim Britaniyaning University of Portsmouth, University of Cranfield, University of St Andrews Oliy ta’lim muassasalarida 2023-yilning oktabr oyidan boshlanishi belgilangan.
Ushbu stipendiya dasturi va unga hujjat topshirish to‘g‘risida
https://www.britishcouncil.uz/en/study-uk/scholarship-women-stem
veb-sahifasidan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.