


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “HUAWEI INTERNSHIP 2026” dasturi bo‘lib o‘tdi
Universitetda Huawei kompaniyasi vakillari ishtirokida tashkil etilgan mazkur dastur talaba-yoshlar uchun muhim kasbiy yo‘nalishlarni belgilab beruvchi samarali uchrashuvga aylandi.
Tadbirni universitetning birinchi prorektori D. Yaxshibayev ochib berib, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikning ahamiyatini ta’kidladi.
Seminar davomida Huawei mutaxassislari tomonidan:
• internship dasturi imkoniyatlari;
• ishga qabul qilish bosqichlari;
• zamonaviy IT sohasidagi talablar;
• xalqaro kompaniyada karyera qurish yo‘llari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Dastur ayniqsa bitiruvchi kurs talabalari uchun foydali bo‘lib, ularga amaliy tajriba, networking va xalqaro muhitda ishlash imkoniyatlari haqida tushunchalar berdi.
Yakunda savol-javob sessiyasi o‘tkazilib, faol ishtirokchilar rag‘batlantirildi.
Mazkur uchrashuv talabalarning professional rivojlanishi va xalqaro maydonga chiqishida muhim qadam bo‘ldi!