“Harbiy kafedra”da oʻqishni xohlagan  3-kurs talabalari diqqatiga!

  • Главная
  • “Harbiy kafedra”da oʻqishni xohlagan  3-kurs talabalari diqqatiga!

Mudofaa vazirligining buyrugʻiga asosan, kafedra oʻqish uchun tanlov jarayoni boshlanmoqda.

Joriy yilning 20-noyabrigacha HARBIY KAFEDRADA oʻqishni xohlovchilar TATU rektori nomiga ariza yozishlari va tibbiy koʻrikdan oʻtishga tayyorgarlik koʻrishlari zarur.

Tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun PSIXOdispanser va NARKOdispanserda roʻyxatda turmasligi haqida (yashash joyidagi Yagona darcha xizmati orqali) maʼlumotnoma olishlari,

Toshkent shahar oʻsmirlar tibbiyot markazida tibbiy analizlar topshirishlari lozim. (Boshqa yerda topshirilgan analizlar qabul qilinmaydi. Mart oyida olingan analizlar natijalarining muddati oʻtib, eskirganligi sababli, ular ham qabul qilinmaydi).

Karantin munosabati bilan yengillik kiritish maqsadida qaror qabul qilindi:

Аgar MАRT oyidagi TIBBIY АNАLIZLАR ShАHАR OʼSMIRLАR TIBBIY MАRKАZIDАN (Qozogʼiston kinoteatrining orqasidagi markazdan) olingan boʼlsa (faqat shu yerniki) – QАBUL QILINАDI

Bundan tashqari “YAGONА DАRCHА”dan sudlanmaganligi haqida ham maʼlumot olish kerak boʼladi

Toshkent shahar oʻsmirlar tibbiyot markazida olinadigan tibbiy analizlar roʻyxati:

  1. Qonning umumiy taxlili
  2. Peshobning umumiy taxlili
  3. Gijja tuxumlari va va sodda organizmalarni aniqlovchi najas taxlili
  4. Elektrokardiografiya
  5. FGDS
  6. Ichki organlar UZIsi
  7. Koʻkrak qafas flyuorogafiyasi
  8. Qon guruhi va rezus faktor

Konkurs tanlovining bosqichlari:

  1. 20-noyabrdan boshlab 26-noyabrgacha olingan natijalar bilan Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tuman Mudofaa ishlari boʻlimida tibbiy koʻrikdan oʻtiladi.
  2. Talabalarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash
    14-dekabrda
    Mudofaa vazirligi sport majmuasida oʻtkaziladi.
  3. Talabalarni chaqiriqqacha boshlangʻich tayyorgarlik dasturiga asosan, bilimlarini baholash (test) 15-dekabrda Milliy universitetda oʻtkaziladi.

“HARBIY KAFEDRA”da oʻqish uchun oʻtkaziladigan tanlovda quyidagi fakultet va taʼlim yoʻnalishidagi talabalar ishtirok etadilar:

  1. Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti (“Telekommunikatsiya texnologiyalari”)
  2. Radio va mobil aloqa tizimlari (“Mobil aloqa tizimlari” “Teleradioeshittirish”)
  3. Axborot xavfsizligi fakulteti (“Axborot xavfsizligi”)
  4. Kompyuter injiniring fakulteti (“Kompyuter injiniring”, “AT-servis”, “Multimedia texnologiyalari”)

Qoʻshimcha maʼlumotlar olish uchun komissiya aʼzolariga murojaat qilish mumkin:

  1. podpolkovnik Nurmatov Toʻlqin Shodiyevich – ish kunlari soat 18.00 dan 20.00 gacha. +998 90 9546744
  2. Abdujamilov Abduqodir Tulyaganovich – ish kunlari soat 16-00 dan 18-00 gacha. Tel. +998 94 6030646

Rektor nomiga ariza va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri nomiga bildirgi namunalari keltirilmoqda.

Yuklab olish

TATU matbuot xizmati