«Globallashuv sharoitida O'zbekiston Respublikasida axborotlashgan jamiyatni shakllantirish muammolari»

  • Главная
  • «Globallashuv sharoitida O'zbekiston Respublikasida axborotlashgan jamiyatni shakllantirish muammolari»
«Globallashuv sharoitida O'zbekiston Respublikasida axborotlashgan jamiyatni shakllantirish muammolari»

Ilmiy-uslubiy seminar

 

            2015 yil 7 may kuni Toshkent axborot texnologiyalar universitetida "Globallashuv sharoitida O'zbekiston Respublikasida axborotlashgan jamiyatni shakllantirish muammolari”        mavzusida ilmiy-uslubiy seminar bo'lib o'tdi. Seminarda "AKT sohasida iqtisodiyot va menejment” fakulteti professor- o'qituvchilari va magistrantlari hamda "O'zbektelekom” AK, "Alskom” SK, AKB "Aloqabank” vakillari va boshqa mutaxassislar qatnashdi.

            Seminar ishida jahon talabining tezkor kengayishining muhim tendensiyalari, shu asnoda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mahsulotlari xalqaro savdosi muhokama qilingan. So'ngi yillarda ko'pgina mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar ustuvor vazifa sifatida axborotlashgan jamiyatga o'tish bo'yicha konsepsiyalar va dasturlarni amalga oshirishni belgilashgan. Bunday konsepsiyalar AQSH, Buyuk Britaniya, Finlyandiya, Koreya Respublikasi, Singapur, Xitoy, Hindiston va boshqa mamlakatlarda amalga oshirilgan. Ushbu hujjatlar turli ko'rinishda bo'lib, bir maqsadga yo'naltirilgan – jahon axborotlashgan jamiyatining yetakchilari qatoriga kirish. Ushbu konsepsiyalar tahlili axborotlashgan jamiyatning tizimli xususiyatlarini aniqlashga imkon beradi.

               O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo'nalishlardan biri bu axborot-kommunikatsiya texnogiyalari sektorini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash davlat siyosatini ishlab chiqishdir. Shuning uchun axborot-kommunikatsiya texnogiyalari sektorining raqobatbardoshligini oshirish muammolarini tadqiq qilish ayniqsa dolzarb hisoblanadi.             

      Seminarda kirish so'zi bilan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori X.A.Muxitdinov ishtirok etdi.

       Seminar ishida shuningdek quyidagilar ma'ruzalari bilan ishtirok etishdilar:

-T.Iminov "O perspektivax razvitiya integratsii pochtovix i straxovix uslug v Uzbekistane”;

-F.Xasanov "Straxovanie informatsionnix riskov – velenie vremeni”;

-X.Soliboev "O'zbektelekom” Aksiyadorlik kompaniyasi telekommunikatsiya tarmoqlarini yanada rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari”;

-B.Dushaev "Depoziti naseleniya istochnik bankovskix investitsiy”

-Kh.Ismailov "The analysis of attracted credits and investments to "Uzbektelekom” JSC”

       Seminar yakunlari bo'yicha TATU ilmiy ishlari bo'yicha prorektor Z.T.Xakimov so'zga chiqdi.

    "Globallashuv sharoitida O'zbekiston Respublikasida axborotlashgan jamiyatni shakllantirish muammolari” ilmiy-uslubiy seminari Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 60-yilligiga bag'ishlangan bo'lib, " Menejment va marketing” kafedrasida A-2-091 "Milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida AKT rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solish instrumentlari va usullarini takomillashtirish” mavzusida bajarilayotgan loyiha doirasida o'tkazildi.
 

Name

NameNameNameName