Xitoy Xalq Respublikasining Pekin Ta’lim kommiteti raisi o‘rinbosari Ge Chjuzhong boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

  • Главная
  • Xitoy Xalq Respublikasining Pekin Ta’lim kommiteti raisi o‘rinbosari Ge Chjuzhong boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

2023-yil 12-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Xitoy Xalq Respublikasining Pekin Ta’lim kommiteti raisi o‘rinbosari Ge Chjuzhong boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

💬 Uchrashuvda taʼlim sohasidagi xalqaro hamkorlikning asosiy masalalari, jumladan, Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida joylashgan universitetlari va TATU talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun mobillilik dasturlarini yo‘lga qo‘yish, o‘zaro tashriflar doirasida ma’ruzalar, seminar-treninglar tashkil etish, qisqa muddatli amaliyot va stajirovkalar o‘tash masalalari muhokama qilindi.

🗒Uchrashuv yakunida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Xitoy Xalq Respublikasining yetakchi universitetlaridan hisoblangan Pekin qurilish va arxitektura universiteti (Beijing university of civil engineering and architecture) hamda Pekin axborot fanlari va texnologiyalari universiteti (Beijing information science and technology university) bilan talabalar almashinuvi (exchange program) dasturini yo‘lga qo‘yish, universitet olimlari, doktorantlari va o‘qituvchilari uchun ma’ruzalar, seminar-treninglar o‘tkazish, shu bilan bir qatorda amaliyot va stajirovkalar o‘tash, akademik dasturlarini birgalikda ishlab chiqishga kelishildi.