“Frankofoniya - 2016”

TATU Chet tillar kafedrasi o‘qituvchilari va talabalari Frantsiyaning O‘zbekiston elchixonasi tomonidan madaniy hamkorlik doirasida tashkil etilgan "Frankofoniya - 2016” bayrami tadbirlarida ishtirok etdi. 
"Frankofoniya – 2016” bayrami  17-18-mart kunlari O‘zbekiston Milliy universitetida tashkil etildi. 
Universitetning Chet tillar kafedrasi o‘qituvchisi S.Nosirova boshchiligida Dasturiy injinering fakultetining 313-14  guruh talabalari Sh.To‘rabaev, A.Saidov, F.Xakimov, S.Sharapovlar O‘zbekistonda frantsuz tilini o‘rganuvchilar uchun videoklip tanlovida qatnashib, 42 nafar ishtirokchilar ichida maxsus "Humour” sovrinini qo‘lga kiritdi va guvohnoma bilan taqdirlandi. 222-13 guruh talabasi Ch.Abduqayumova esa "Frantsiyaga bir oylik sayoxat”  insho tanlovida qatnashdi. 514-13 guruh talabalari: B.Tulashev, Sh.Tashmetov, N.Xaydarova, B.Umarjanov, 693-15 guruhi talabasi N.Sultonmuratova, 415-15 guruhi talabasi N.Mirzaev, 133-15 guruhi talabalari J.Narmetov, S.Radjabov, 425-14 talabasi Sh.Usmanov savol-javob tanlovida qatnashib, turli sovg‘alarni qo‘lga kiritdilar. 
Elchixonaning Til va talim attashesi F.Villyom TATU rahbariyatiga universitet talabalarining ishtiroki va faolligi uchun o‘z  minnatdorchiligini bildirdi.
 

“Frankofoniya - 2016”

 

“Frankofoniya - 2016”

 

“Frankofoniya - 2016”

 

“Frankofoniya - 2016”