E'lon

O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish Vazirligining 25.12.2015 y. sanadagi 335-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash hamda TATU va uning hududiy filiallarida iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini namoyon etishni rag‘batlantirishga qaratilgan tadbirlar rejasini bajarish maqsadida 2016 yil 23 mart kuni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari orasida foto va video ishlanmalar ko‘rik tanlovi o‘tkaziladi. "Mening vatanim, mening shahrim, mening universitetim” deb nomlangan tanlovda ishtirok etishni hoxlovchilar o‘z foto va video ishlarini "Telestudiya tizimlari va ilovalari” kafedrasiga 15.02.2015 dan 19.03.2016 sanaga qadar topshirishlari kerak.