Dual ta’lim tizimini joriy qilish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.

  • Главная
  • Dual ta’lim tizimini joriy qilish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.



⏺Bugungi kunda energetika sohasini barqaror rivojlantirish, eng avvalo, zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan malakali mutaxassislarni tayyorlashni taqozo etmoqda. Shu nuqtayi nazardan, ta’lim muassasalari bilan ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda yosh mutaxassislarni nazariya va amaliyot uyg‘unligi asosida tayyorlash alohida ahamiyat kasb etadi.

Shu maqsadda “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda ishlab chiqarish korxonalari xodimlarining oliy ta’lim muassasasida bilim va malakasini oshirish, talabalar va professor-o‘qituvchilarning esa energetika obyektlarida amaliy tajribasini boyitish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik imkoniyatlari atroflicha muhokama qilindi va hamkorlik memorandumi imzolandi.