DIQQAT E’LON!
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 2027-YIL UCHUN TAYANCH DOKTORANTURA (PHD), DOKTORANTURA (DSC) VA STAJOR-TADQIQOTCHILIK UCHUN MAVJUD IXTISOSLIKLAR BO‘YICHA HUJJAT QABULINI E’LON QILADI!
Talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
1. Ariza-TATU rektori nomiga;
2. Ilmiy rahbar rozilik xati (ariza bilan yuklanadi);
3. Biografik maʼlumot (obʼektivka);
4. Bakalavr va magistratura diplomi yoki oliy maʼlumot (1997-yilgacha) diplomi nusxasi;
5. Nashr etilgan ilmiy ishlar asoslari (PhD uchun kamida 1 ta ilmiy maqola va 2 ta tezis, DSc uchun kamida 3 ta ilmiy maqola va 2 ta tezis );
6. Pasport nusxasi;
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar (mavjud boʻlsa);
8. Til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat “B2” daraja. Taʼlim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabgorlardan xorijiy tilni bilish to‘g‘risidagi sertifikat talab etilmaydi. Stajor-tadqiqotchilikga ham sertifikat talab etilmaydi.
Barcha hujjatlar Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga hujjatlar ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalari qabul komissiyasi tomonidan 15-sentabrdan 15-oktabrgacha boʻlgan davrda Yagona elektron tizim yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BUDJETI MABLAG‘LARI HISOBIDAN 2027-YIL UCHUN MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETIGA STAJYOR-TADQIQOTCHILIK, TAYANCH DOKTORANTURA, DOKTORANTURAGA ILMIY KADRLARNI TAYYORLASHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI BO‘YICHA AJRATILGAN QABUL KVOTASI
