Talaba-yoshlar oʻrtasida “Oʻzbekiston yoshlari buzgʻunchi gʻoyalarga qarshi” mavzusida “Eng yaxshi videorolik” va “Eng yaxshi infografika” nominatsiyalari boʻyicha masofaviy respublika tanloviga marhamat!

  • Главная
  • Talaba-yoshlar oʻrtasida “Oʻzbekiston yoshlari buzgʻunchi gʻoyalarga qarshi” mavzusida “Eng yaxshi videorolik” va “Eng yaxshi infografika” nominatsiyalari boʻyicha masofaviy respublika tanloviga marhamat!

Ushbu masofaviy tanlov Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tashabbusi bilan joriy yil oktyabr oyida tashkil etilmoqda. Tanlovlarning birinchi bosqichi – akademik guruhlari talabalari oʻrtasida oktyabr oyining birinchi oʻn kunligida, ikkinchi bosqichi – fakultetlararo oktyabr oyining ikkinchi oʻn kunligida, uchinchi bosqichi esa oliy taʼlim muassasalari gʻoliblari oʻrtasida noyabr oyining birinchi oʻn kunligida oʻtkaziladi.

Tanlovning asosiy maqsadi – talabalar oʻrtasida ijtimoiy-siyosiy vaziyatning barqarorligini taʼminlash, ularni turli ekstremistik oqimlarga qoʻshilib ketishini oldini olish, talabalarning oʻz iqtidorlarini namoyish etish uchun sharoit yaratish va erkin fikrga ega isteʼdodli talabalarni qoʻllab-quvvatlashdan iboratdir (Tanlov Nizomi bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin).

Tanlovga taqdim etiladigan materiallarni tanlov nomini (masalan: “Eng yaxshi videorolik” yoki “Eng yaxshi infografika tanloviga”) ismi-sharifi, fakulteti, guruhi va telefon raqamlarini koʻrsatgan holda @tanlovtatu telegram manziliga 2020-yilning 12-oktyabriga qadar yuborishingiz soʻraladi. Muddatidan kech yuborilgan ishlar tanlovda ishtirok etish uchun qabul qilinmaydi. 

Marhamat, iqtidoringizni namoyon etib, tanlovda ishtirok eting va qimmatbaho sovgʻalarga ega boʻling! 

Tanlov nizomi PDF (yuklab olish)