Taniqli ijodkorlardan master klass

18 oktyabr kuni Televizion texnologiyalari fakultetining Telestudiyalar tizimlari va ilovalari kafedrasi tashabbusi bilan respublikamizda mashhur ssenarist-rejissyor Djasur Isxakov, kinodramaturg Mastura Isxakova hamda O‘zbekiston MTRKning atoqli suhandoni Nasiba Ibragimovalar bilan davra suhbati o‘tkazilib, ular tomonidan master klasslar tashkil etildi.

Master-klassda Respublikamiz Fanlar akademiyasining tashkilotchisi va uning birinchi prezidenti, atoqli ensiklopedist olim akademik Toshmuxammad Niyozovich Qori-Niyozovning 120 yillik xotirasiga bag‘ishlangan «Судьба, как эпоха…» xujjatli filmi namoyish qilindi. Namoyishdan so‘ng film ijodkorlari: Djasur Isxakov va Mastura Isxakovalar filmning yaratilish jarayoni va xujjatli filmlarni tasvirga olish sirlari bilan tinglovchilarni batafsil tanishtirdilar. Nasiba Ibragimova esa bu filmdan olingan taassurotlar haqida gapirib, filmning talabalar uchun nihoyatda katta ma’naviy-ahloqiy tarbiyaga ega ekanligini ta’kidladi. Talabalarning savollariga film ijodkorlari batafsil javob berdilar.