Dasturiy injinering fakultetida ham magistrlik ishi himoyalari muvaffaqiyatli o‘tmoqda

  • Главная
  • Dasturiy injinering fakultetida ham magistrlik ishi himoyalari muvaffaqiyatli o‘tmoqda

28 may kuni Dasturiy injiniring fakultetida 5A330601 – «Dasturiy injiniring» mutaxassisligi bo‘yicha magistrlik dissertatsiyalari himoyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Himoya jarayonida DAK a’zolari sifatida O‘zR FA akademigi M.M.Kamilov, Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi direktori Z.M.Raxmatullaev, t.f.d. A.X.Nishonov kabi yetuk olimlar ishtirok etdilar. Otajonov Quvondiq Ma’sud o‘g‘li, Sunnatullaev Nurmuxammad Saydulla o‘g‘li va Tog‘aev Shoxin Shomurodovichlar tomonidan yozilgan magistrlik dissertatsiyalari ingliz tilida himoya qilindi. Magistrlar tomonidan olib borilgan tadqiqot ishlari va mavzulari bugungi kunda axborot texnologiyalarining dolzarb masalalarini yechishga qaratilgan tadqiqotlar sirasiga kiradi. Bir qator magistr talabalar tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy ishlanmalar, ayni vaqtda xalq xo‘jaligida mavjud bo‘lgan masalalarni yechishga joriy qilingan. Jumladan, Q.M. Otajonov tomonidan ishlab chiqilgan "Algorithm software testing and software development” mavzusi doirasida yaratilgan dasturiy vositalar "Click” to‘lov tizimi dasturini testlashda joriy qilingan bo‘lsa, N.S. Sunnatullaev tomonidan ishlab chiqilgan "Development of the methods and algorithms of image processing based fuzzy sets” mavzusi doirasida yaratilgan dasturiy vositalar tasvirlarga raqamli ishlov berishga bo‘ljallangan dasturiy vositalarda joriy qilingan.

Magistrlik dissertatsiyalari himoyalari davom etmoqda.

 

Dasturiy injinering fakultetida ham magistrlik ishi himoyalari muvaffaqiyatli o‘tmoqda


Dasturiy injinering fakultetida ham magistrlik ishi himoyalari muvaffaqiyatli o‘tmoqda

 

Dasturiy injinering fakultetida ham magistrlik ishi himoyalari muvaffaqiyatli o‘tmoqda