DIQQAT E’LON
Hurmatli Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari, Qozog‘iston respublikasi mustaqilligining 30-yilligi munosabati bilan talabalar o‘rtasida axborot xavfsizligi va axborotlashtirish sohasida “Cyber Defence KZ 2021” nomli olimpiada online formatda tashkil etilmoqda.
“Cyber Defence KZ 2021” bellashuvida qatnashish uchun axborot xavsizligi va axborot-kommunikatsiya texnoligiyalari ta’lim yo‘nalishi 2-4 kurs talabalari ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Tanlov quyidagi 5 yo‘nalishda bo‘lib o‘tadi:
- Task-Based CTF - bellashuv;
- Classic CTF - bellashuv;
- Zararkunanda kodlar analizi;
- Dasturlash bo‘yicha vazifalar;
- Tarmoq trafiklari analizi.
Muammolarni hal qilish uchun 48 soat ajratiladi.
Ishtirokchilar virtual muhitda ishlash uchun axborot va tarmoq texnologiyalari bo‘yicha o‘z bilimlaridan foydalanib, tarmoqni qurish, sozlash va nosozliklarni bartaraf etishlari kerak bo‘ladi.
Tarmoq infratuzilmasi bo‘yicha topshiriqlar:
Birinchi bosqich - bu nazariya. Nazariy savollar beriladi.
Ikkinchi bosqich - amaliy vazifa. Mashhur "Quest" o'yini asosidagi laboratoriya ishida tarmoq muhandisligi bo‘yicha bilim talab qilinadi (marshrutlash, OSI modelini bilish, kommutatsiya, protokollar bilan ishlash). Laboratoriya ishi virtual tarmoq muhiti emulyatorida bajariladi.
Zararli kodni tahlil qilish bo‘yicha topshriqlar:
Maxfiy kalitni aniqlash.
Yechim jarayonini tushuntirib berish va tekshirish algoritmining xususiyatlarini tasvirlab berish.
Dasturlash bo‘yicha topshiriqlar:
Birinchi bosqich - C dasturlash tilida tarmoq trafigini tahlil qilish uchun ikkita vazifani o‘z ichiga oladi.
Ikkinchi bosqich – muammoli algoritmlar uchun topshiriqlar.
Uchinchi bosqich - ma’lumotlar bazasini yaratish bo‘yicha proyekt bajarish va SQL so’rovlar orqali ma’lumotlar bazasini yaratish.
Xakerlik bo‘yicha topshiriqlar:
Birinchi bosqich - Evil Corp (tashkilot) veb-resursining xavfsizligini baholash.
Vazifa:
- Xavfsiz tizimga buzib kirish yo‘lini topish;
- Aniqlangan zaifliklardan foydalanish;
- Ikkita bayroqni olish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solish: USER Flag (Foylanuvchi accountiga ruhsat olish) va ROOT Flag (root huquqini qo‘lga kiritish)
Uchinchi bosqich - ma’lumotlar bazasini yaratish bo‘yicha proyekt bajarish va SQL so’rovlar orqali ma’lumotlar bazasin yaratish.
Shuningdek, tanlovning yopilish marosimida davlat organlari vakillari, axborotlashtirish va axborot xavfsizligi sohasidagi yetakchi mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirokida forum o‘tkazish rejalashtirilgan.
Universitet boshqichi 11.11.21 sana 10:00 da D-202 auditoriyada bo‘lib o‘tadi.
Olimpiada 19.11.21 sana 15:00 dan 21.11.21 sana 16:00 gacha bo‘lib o‘tadi.
Yagona axborot maydonini ta’minlash maqsadida Tanlovning barcha axborot materiallari – /tuit.uz/ -TATU veb-saytida, shuningdek Telegram kanalida joylashtiriladi.
Roʻyxatdan oʻtish uchun havola: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScTXSwrcJeHd8VbK8Ol3NxVOYb1tYvUND-UkJQda-jXfS9RaA/viewform?usp=sf_link
Savollar uchun: tg @bmamatov & @Otabek_Tursunov
SIZNI o‘z qobiliyatingizni sinab ko‘rishga va "Cyber defense KZ 2021" talabalar tanlovida ishtirok etishga taklif qilib qolamiz.
Kuzning eng yorqin kiberxavfsizlik hodisasi ishtirokchisiga aylaning.
IMKONIYATINGIZNI QO‘LDAN BOY BERMANG!