TATUda “Buyuk sarkarda va benazir so‘z ustasi” mavzusida ma’rifiy tadbir

  • Главная
  • TATUda “Buyuk sarkarda va benazir so‘z ustasi” mavzusida ma’rifiy tadbir
14 fevral kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Zaxiriddin Muhammad Bobur tavalludining 534 yilligi munosabati bilan mavzusida o‘tkazilgan ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda O‘zR FA Tarix instituti katta ilmiy xodimi t.f.n. X.Mamadaliyev, katta ilmiy xodim N.Xidirova lar ma’ruza qildilar.
X.Mamadaliyev ma’ruzasida jumladan quyidagilarni gapirdi: Har bir xalqning, madaniy-milliy qiyofasini belgilaydigan buyuk shaxslari, olimlari, yirik adib vashoirlari bo‘ladi. Bobur o‘zbek mumtoz adabiyotiningyirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda, Xindistonda 332 yil hukm surgan Boburiylar sulolasining asoschisidir. U nazariyotchi adabiyotshunos,faqix, tilshunos, san’atshunos, etnograf, hayvonot va nabotat olamining bilimdoni sifatida ham ma’lum va mashhur. Birgina “Boburnoma” asari uning yirigmadan ortiq sohaga qiziqqanligiga yaqqol misoldir. Unda 1494-1529 yillarda Markaziy va Kichik Osiyoda, Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarida kechgan voqealar bayon etilgan.
Bobur biron-bir yangilikka qo‘l ursa, birinchi navbatda, uni tafakkur tarozisiga solib ko‘rgan, bu ishjamiyat va saltanat manfaatlariga xizmatqilsagina amalga oshirgan. Masalan, u Xindistonni zabt etgan paytda bir ma’budaxona butlarini sindirib, bog‘ yaratishni buyuradi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, bu harakati mahalliy xalq bilan munosabatining buzilishiga sabab bo‘lishini anglab, zinhorbunday ishniqayta takrorlamaslikka ahd qiladi.
Hindistonning donishmand farzandi, buyuk davlat arbobi Javoharla’al Neru o‘zining “Hindistonning ochilishi” va “Jahon tarixiga bir nazar” nomli asarlarida Zahiriddin Muhammad Bobur haqida samimiyatga to‘la ushbu fikrlarni izxor etgan: “Bobur – dilbar shaxs Uyg‘onish davri xukmronligining haqiqiy namunasidir. U mard va tadbirkor odam bo‘lgan. Bobur o‘ta madaniyatli va jozibali insonlar orasida eng yetuk insonlardan biri edi. U mazxabparastlik kabi cheklanish va mutaassiblikdan yiroq edi... Bobur san’at va ayniqsa, adabiyotni sevardi.”
X.Mamadaliyevdan so‘ng, O‘zR FA tarix institutining katta ilmiy xodimi N.Xidirova Bobur ijodiga to‘xtalib o‘tdi: Boburdan oldin baddiy adabiyotda hech bir shoh va shoir ko‘rgan-kechirganlarini, yutuq va kamchilikdarini bu qadar haqqoniy hamda dadillik bilan bayon etmagan. Xind olimlari “Boburnoma”niulug‘ fransuz adibi Jan Jak Russoning “Iqror”iga qiyos qiladilar.Erishgan yutuqlarini bayon qilish bilanbirgaqilgan xatolariga ham iqror bo‘lishdek ma’naviy jasoratni Bobur bobomiz Russodan ikki asr ilgari ko‘rsatganiniqiyosiy tahlil etsak, buyuk ajdodimizning o‘zdavriga nisbatan qanchalik oldingaketganidan hayratga tushamiz. “Boburnoma”dagitabiat asarlari Markaziy Osiyo, Afg‘oniston va Hindiston xalqlariningtarixiga oid nodir kuzatishlar, tilga, dinga, huquqshunoslikka, san’at va adabiyotga oid tadqiqotlar Bobur Mirzoningqomusiy bilimlar egasi bo‘lganligini ko‘rsatadi. Demoqchimizki, bugungi va kelgusi avlodlar hambu buyuk ma’naviy merosniteran o‘rganib borishlari ularni, albatta ma’nan yuksaklikka olib chiqaveradi.
Faxru-g‘ururimiz bo‘lgan ulug‘ bobokalonimizga mustaqillik yillarida e’tibor yanadakuchaydi. Uning xayoti va ijodi bilan bog‘liq yangi ilmiy-badiiy asarlar yaratildi. Bir so‘z bilan aytganda, Bobur qoldirgan beqiyos badiiy,ma’naviy-ilmiy meros o‘zbek xalqining ma’naviy xazinasi bo‘lib, ajdodlardan avlodlarga o‘taveradi.
Ma’ruzalardan so‘ng qizg‘in savol-javoblar bo‘ldi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.