Joriy yilning 28-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Germaniya platformasi bo’lgan SAP dasturini O’zbekistondagi rasmiy vakillaridan biri hisoblangan Business Intelligence Solutions kompaniyasi rahbariyati tashrif buyurdi.
Kompaniya va universitet o'rtasida universitet bitiruvchilarining kompaniyada amaliyot, pullik/bepul stajirovka o'tash hamda keyinchalik kompaniyada yuqori daromadli ish bilan ta'minlashni ko’zda tutadigan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Shuningdek, kompaniya vakillari ishtirokida "BIS kompaniyasi va SAP" mavzusidagi seminar tashkil etildi. Seminar davomida hozirgi kunda Kompaniyada mavjud bo'sh ish o'rinlari va ularga bo'lgan talablar bo'yicha batafsil ma'lumot berildi.