Bugun universitetimiz va uning filillarining bilimdon talabalari o'rtasidagi “Zakovat” intellektual o'yinining final bosqichi bo'lib o'tdi.

  • Главная
  • Bugun universitetimiz va uning filillarining bilimdon talabalari o'rtasidagi “Zakovat” intellektual o'yinining final bosqichi bo'lib o'tdi.

Eslatib o'tish joizki Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tarixida ilk bor universitet va uning barcha filiallarining bilimdon talabalari o'rtasida qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahrida “Zakovat” intellektual o'yiniga start berildi.

🔷🔷🔷

Bugun universitetimiz va uning filillarining bilimdon talabalari o'rtasidagi “Zakovat” intellektual o'yinining final bosqichi bo'lib o'tdi.
Final bosqichiga eng kuchli 14ta jamoalardan 7ta jamoa yetib keldi va o’zaro bellashdilar. Final o’yini juda qiziqarli savol-javoblarga boy tarzda o’tdi.

Umumiy ballar hisobida:
🥇TATU burgutlari (Toshkent)
🥈Marg'iloniy (Farg'ona)
🥉Everest (Samarqand) jamoalari g’olib deb topildi.

G’oliblar universitetning faxriy yorliqlari va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

📌“Zakovat- intellektual o’yini” talaba-yoshlarni bir joyga jamlab, bilimini namoyon etish va oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.