![](https://static.tuit.uz/crop/4/0/850__80_4080213207.jpg)
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov erta tongdan “Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazmalar majmuasida bo‘lib, test sinovlari jarayonlarini kuzatdi va abituriyentlar uchun yaratilgan sharoitlar, ota-onalar uchun ajratilgan kutish joylarini ko‘zdan kechirdi.