Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida

  • Главная
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida
 
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O‘zbekiston Respublikasi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari rivojlantirish vaziri Sh. Sadikov tomonidan tasdiqlangan «Soha xodimlarining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ga asosan online tarzda, navbatdagi axborot soati o‘tkazilib, unda vazirlik, soha tashkilotlarining mutasaddi hodimlariga universitet faoliyatiga doir qator vazifalar bo‘yicha hisobot berildi.
1️⃣ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-iyuldagi "Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlar haqida"gi 569-son qarori yuzasidan amalga oshirilgan va amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan TATU kredit bo‘lim boshligi Alisherov Farhod Alisherovich tomonidan axboriy prezentatsiyasi namoyish etilib, berilgan savollarga javoblar berildi.
2️⃣2021-2022-o‘quv yilining qabul jarayonlari bo‘yicha universitetning mas’ul kotibi Alisher Shaxobiddinov ma’lumot berib mutasaddi xodimlar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.
3️⃣Universitetning Moliya-Iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor v.b. Fayzulla Aripjanov  tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-maydagi "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari haqida"gi 288-son qarori bo‘yicha qilingan hamda kelajakda qilinishi kerak bo‘lgan ishlar rejasi bo‘yicha soha xodimlariga ma’lumot hamda savollarga javob berildi.
✅Shu bilan birga 1-oktabr O‘qituvchi va murabbiylar kuni  bayrami bilan Universitetimiz rahbari hamda universitet nomidan barcha Vazirlik tashkilotlari soha xodimlarini tabrikladilar.