Bosh prokuraturada Rossiyaning Sochi shahrida oʼtkazilgan Moliyaviy xavfsizlik boʼyicha xalqaro olimpiadada yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan yoshlarni taqdirlash boʼyicha tantanali tadbir oʼtkazildi.

  • Главная
  • Bosh prokuraturada Rossiyaning Sochi shahrida oʼtkazilgan Moliyaviy xavfsizlik boʼyicha xalqaro olimpiadada yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan yoshlarni taqdirlash boʼyicha tantanali tadbir oʼtkazildi.

✅Bosh prokuraturada Rossiyaning Sochi shahrida oʼtkazilgan Moliyaviy xavfsizlik boʼyicha xalqaro olimpiadada yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan yoshlarni taqdirlash boʼyicha tantanali tadbir oʼtkazildi.

🏛Jumladan, Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Аxborot texnologiyalari universiteti va Toshkent moliya institutining Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda tayyorgarlikdan oʼtgan 10 nafar talabasi Sochida oʼtkazilgan final bosqichida 400 nafar ishtirokchi orasida umumjamoa hisobida faxrli uchinchi oʼrinni, Markaziy Osiyo davlatlari orasida esa, birinchi oʼrinni qoʼlga kiritdi.

💐Tantanali tadbirda, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi asosida taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar, yoshlarga yaratilgan keng imkoniyatlar hamda erishilgan ijobiy natijalar eʼtirof etilgan holda, xalqaro olimpiadaning gʼoliblariga va ishtirokchilari, ustoz-murabbiylar hamda ularning ota-onalariga samimiy minnatdorchilik bildirildi.

✅Xalqaro olimpiadada ishtirok etgan yoshlar va ularning ustoz-murabbiylariga qimmatbaho sovgʼalar topshirildi.