Bugun, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida bitiruvchi talaba-yoshlarga munosib ish o‘rinlariga ega bo‘lishida har tomonlama ko‘maklashish hamda ular bandligini ta’minlash maqsadida, “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Mehnat yarmarkasida jami 40 dan ortiq ish beruvchi soha korxonalari o‘zlarining bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni talaba-yoshlarga taqdim etishdi. Asosiy maqsad, 2022/2023 o‘quv yilida o‘qishni tamomlayotgan 266 nafar bakalavr hamda 51 nafar magistrlarni ishga taqsimlash va ishlash istagida bo‘lgan talabalarni o‘z xohish-istaklari bo‘yicha ishga joylashtirishdan iboratdir.
Bitiruvchi talaba-yoshlar mehnat yarmarkasida o‘zlari uchun bo‘sh ish o‘rinlarini tanlab, kelajakda istiqbolli korxona va tashkilotlar bilan shartnomalar imzoladilar.
❗️Albatta, bu kabi tadbirlar talaba-yoshlarning bandligini ta’minlashda va o‘larga munosib ish o‘rinlari topishida ko‘mak berishi shubhasizdir.