BEST SOFT CHALLENGE-2016

Respublikamiz Oliy ta’lim muassasalari hamda axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan kollej talabalari o’rtasida 2016 yil 16 maydan 26 avgustga qadar yosh kompyuter dasturchilarni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan «Best Soft Challenge-2016» Respublika ko’rik-tanlovini o’tkazilishi ma’lum qilinadi. Kompyuter dasturlashga qiziquvchi universitetimiz talaba yoshlari tanlovda quyidagi yo’nalishlar bo’yicha:
- elektron tijorat;
- o’quv, ta’lim, madaniyat sohasi;
- kompyuter va mobil o’yin ilova ishlab chiqishda o’zlarining eng yaxshi g’oya, loyihalari bilan qatnashishlari mumkin.
www.software.uz sayti orqali ro’yxatidan o’ting va tanlov ishtirokchisiga aylaning.
Qo’shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi telefonlar orqali murojaat qilishingiz mumkin:
(371) 238-43-25, (371) 238-41-75