Bugungi
kunda inson hayotidagi dolzarb muammolardan biri bu narkomaniyadir. Narkomaniya
na qonun, na davlat chegarasini bilmaydigan, insoniyatga ayniqsa yosh avlodga
jiddiy zarar yetkazuvchi balodir. Davlatimiz, shahsan Prezidentimiz I. A.
Karimov tomonidan narkomaniya bilan kurashga katta e’tibor qaratilmoqda.
Jamiyatimizda narkomafiya bilan kurash ketayotgan davrda, "Baron” badiiy
filmining yaratilishi muhim voqea bo‘ldi.
Joriy yilning 24-fevral kuni "Televizion texnologiyalar” fakulteti «Telestudiya
tizimlari va ilovalari» kafedrasi tomonidan "Baron” badiiy filmining
ijodkorlari bilan master-klass bo‘lib o‘tdi. Unda film rejissyori Rustam
Sa’diyev, filmda ichki ishlar xodimi obrazini yaratgan taniqli aktyor Javohir
Zokirov, Toshkent shaxar Bodibilding federatsiyasi raisi, hamda akter Xabibullo
Nizomov kabi film ijodkorlari ishtirok etdilar.
"Televiion texnologiyalar” fakultetining "Televizion texnologiyalar”
("Audiovizual texnologiyalar”, "Telestudiya tizimlari va ilovalari”),
"Kinoteleoperatorlik”, "Mahsus yoritish texnologiyalari”, "Audio video
texnologiyalar”, "Kompyuter grafikasi va dizayn” ta’lim yo‘nalishida tahsil
olayotgan talabalar ushbu film ijodkorlaridan master-klass davomida, o‘zlari
qiziqqan savollarga javoblar va bo‘lajak kasblarida kerak bo‘ladigan qimmatli
maslahatlarni olishga muyassar bo‘ldilar.