Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Avstriyaning Klagenfurt universitetining “Axborot va kommunikatsiyalar injiniringi” (Information and Communication Engineering) mutaxassisligi bo‘yicha qo‘shma magistratura (Double degree) dasturiga tanlov e’lon qilinadi.
Tanlovda universitetning “Televideniye, radioaloqa va radioeshittirish qurilmalari va tizimlari”, “Intellektual axborot-kommunikatsiya tizimlari”, “Telekommunikatsiya injiniringi”, “Mobil aloqa tizimlari”, “Kompyuter injiniringi”mutaxassisliklarida tahsil olayotgan 1-bosqich magistratura talabalari qatnashishlari mumkin.
Tanlov g‘oliblari ikkinchi bosqich o‘qishini Klagenfurt universitetida davom ettirishadi. O‘qishni muvaffaqiyatli yakunlagan talabalarga har ikki tomonning magistr diplomlari beriladi.
Muddat: 15-May