Akademik litseyga iqtidorli yoshlarni saralab olishning dastlabki imtihoni boshlandi

  • Главная
  • Akademik litseyga iqtidorli yoshlarni saralab olishning dastlabki imtihoni boshlandi

2021 yil 11 avgust kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti akademik litseyiga ikki bosqichli saralash imtihonining birinchi bosqichi boshlandi. Saralash imtihoni sanitariya-epidemiologik qoidalarga rioya qilgan holda amalga oshirilmoqda. Akademik litseyga 2258 nafar abituriyent hujjat topshirgan bo‘lib, birinchi bosqich saralash imtihonlari 11 avgustdan 13 avgust kunlari amalga oshiriladi.

Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki bugungi qabul jarayoni shaffoflik adolat me’zoni asosida hamda kuzatuvchilar to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rib turishlari uchun kameralar ulangan holda bo‘lib o‘tdi, ota-onalarga qulayliklar yaratilgan holda bo‘lib o‘tdi.