Ilmiy-texnika loyihalar tanlovi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, fan va texnologiyalar taraqqiyotining 2012 - 2020 yillarga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlarini amaliyotini ta’minlash maqsadida:
- 2017-2020 yillarda bajariladigan fundamental;
- 2017-2018 yillarda bajariladigan amaliy;
- 2017-2018 yillarda bajariladigan yosh olimlar amaliy loyihalari;
- 2017-2018 yillarda mo‘ljallangan «Akademik xarakatchanlik-2017» amaliy tadqiqotlar davlat ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish uchun fundamental va amaliy ilmiy-texnika loyihalar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovga tegishli barcha zarur ma’lumotlar, loyihalarni rasmiylashtirish tartibi va asosiy qoidalari bilan Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Sog‘liqni saqlash, Xalq ta’limi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirliklarida tanishish mumkin. Tanlovga loyihalar 2016 yil 5 sentiyabrgacha TATU Ilmiy tadqiqot bo‘limida qabul qilinadi. Ma’lumot uchun telefonlar: • TATU Ilmiy tadqiqot bo‘limi: (99871) 238 64-39, 238 64-55;