Talabalar oshxonasi ijaraga beriladi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 563-son Qarorining 5-bandi ijrosini ta’minlash maqasdida universitet hududida joylashgan (umumiy maydoni 59.6 kv.m) talabalar oshxonasini talabalar uchun arzon va sifatli ovqatlanish jarayonini tashkil etish maqsadida umumiy ovqatlanish xizmati sohasida kamida ikki yillik tajribaga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari bilan eng maqbul takliflarni tanlab olish orqali shartnoma tuzishini e’lon qiladi.

Bunda, tadbirkorlik subyektlariga:

  • talabalar uchun sifatli oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar tayyorlash hamda ularni arzon narxlarda sotish;
  • oziq-ovqat mahsulotlari va taomlarning xavfsizligi va sifatini kafolatlash;
  • oziq-ovqat mahsulotlari va taomlarni tayyorlashda hamda oziq-ovqat xomashyosini saqlashda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga qat’iy rioya etish majburiyatlari yuklanadi.