Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Televizion texnologiyalari fakulteti talabalari aziz onalarimiz, opa-singillarimiz va barcha ayollarimiz uchun chiroyli she’rlar aytib, o‘z tabriklarini bildirishdi.
💐 Barcha ayollarni ushbu go‘zal bayram bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz. Har doim sog‘-salomat bo‘ling, yuzingizdan tabassum arimasin, qalbingiz quvonchga to‘lsin.