Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 563-son Qarorining 5-bandi ijrosini taʼminlash maqasdida universitet hududida joylashgan boʼsh turgan barcha talabalar oshxonalarini (umumiy maydoni 490.32 kv.m) talabalar uchun arzon va sifatli ovqatlanish jarayonini tashkil etish maqsadida umumiy ovqatlanish xizmati sohasida kamida ikki yillik tajribaga ega boʼlgan tadbirkorlik subektlari bilan eng maqbul takliflarni tanlab olish orqali shartnoma tuzishini eʼlon qiladi.
Bunda, tadbirkorlik subektlariga:
• talabalar uchun sifatli oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar tayyorlash hamda ularni arzon narxlarda sotish;
• oziq-ovqat mahsulotlari va taomlarning xavfsizligi va sifatini kafolatlash;
• oziq-ovqat mahsulotlari va taomlarni tayyorlashda hamda oziq-ovqat xomashyosini saqlashda sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga qatʼiy rioya etish majburiyatlari yuklanadi.
Tijorat takliflari 10 ish kuni davomida qabul qilinadi.