Innovatsion taraqqiyotda xotin-qizlarning o'rni va roli» mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

  • Главная
  • Innovatsion taraqqiyotda xotin-qizlarning o'rni va roli» mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

26 aprel kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi bilan hamkorlikda Xalqaro axborot texnologiyalari sohasidagi xotin-qizlar kuni munosabati bilan «Innovatsion taraqqiyotda xotin-qizlarning o‘rni va roli» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirni Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Shahlo Turdiqulova ochib berdi. U xotin-qizlarning o‘zlarining iqtidorlarini ochishda faol bo‘lishlarini, buning uchun mavjud imkoniyatlardan foydalanishlari lozimligini ta’kidladi. Har bir qiz tabiatan ijodkor, kashfiyotchi ekan, ular har qanday sohada o‘zlarini namoyon eta olishlariga ishonch bildirdi.
– Sevimli mashg‘ulot bilan shug‘ullanish bu – baxt, – dedi vazir o‘rinbosari. – Ayol kishi oilasini ham, o‘zi suygan kasbini ham a’lo darajada uddalay olish salohiyatiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi Malika Qodirxonova Innovatsion taraqqiyotda xotin-qizlarning o‘rni va rolini oshirishning ahamiyati haqida so‘z yuritdi. Xususan Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan aynan xotin-qizlarning ilm-fan va innovatsiyalar sohasida qo‘llab quvvatlashga qaratilgan grant loyihalari tanlovlari o‘tkazilayotgani tahsinga loyiq ekanini ta’kidladi.
Tadbir davomida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali talabasi Saodat Olimjonova, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali talabalari Shahrizod G‘anieva va Gulnoza Jo‘raeva, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali talabasi Muyassar Ollaberganova, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali talabasi Sumbul Rajapboeva, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ATDT kafedrasi assistenti Nozima Jabborova, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti doktoranti Qunduz Medetova, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti AVT kafedrasi tadqiqotchisi Gulshan Qayumova, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti magistri Ziyoda Begmatova, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti AVT kafedrasi professori, Dsc Saida Beknazarova o‘z loyihalari va ishlanmalari taqdimotini o‘tkazdilar.
Tadbir yakunida Malika Qodirxonova faol qizlarni maxsus sertifikatlar bilan taqdirlab, ularning kelgusi ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.