2026-yil 25-26-sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetida 1-oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan Respublikaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

  • Главная
  • 2026-yil 25-26-sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetida 1-oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan Respublikaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etilmoqda.




2026-yil 25-26-sentabr
kunlari O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetida 1-oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan Respublikaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

Musobaqalarning mini-futbol yo‘nalishida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti jamoasiga qarshi bahs olib bordi.

Murosasiz va qiziqarli kechgan uchrashuvda TATU jamoasi 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.

Jamoamiz a’zolarini ushbu munosib g‘alaba bilan tabriklaymiz va musobaqaning keyingi bahslarida omad tilaymiz!