2026-yil 26-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2025/2026-o‘quv yilining yakuniy kengaytirilgan Universitet Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

  • Главная
  • 2026-yil 26-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2025/2026-o‘quv yilining yakuniy kengaytirilgan Universitet Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.


✅ 2026-yil 26-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2025/2026-o‘quv yilining yakuniy kengaytirilgan Universitet Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

👥 Yig‘ilishda Kengash a’zolari, professor-o‘qituvchilar hamda mas’ullar ishtirok etdi.

📝 Kengash yig‘ilishi kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin oldi:

— Universitetning tashkiliy-nazorat boshqarmasi faoliyati;
— Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Tarmoq markazi faoliyati;
— Telekommunikatsiyalar, Radio va mobil aloqa hamda AKT sohasida kasb ta’limi fakultetlarining o‘quv, ilmiy va tarbiyaviy ishlari;
— Xalqaro hamkorlik, xalqaro reytinglar va strategik rivojlantirish yo‘nalishidagi ishlar;
— Bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari himoyalari natijalari;
— 2025/2026-o‘quv yilida amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar;
— Talabalarni rag‘batlantirish, TTJlarga joylashtirish hamda boshqa dolzarb masalalar.

📊 Yig‘ilish davomida universitet faoliyatining turli yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.