2-bosqich magistrlari bilan davra suhbati o'tkazildi

Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitet prorektorlari ishtirokida 2-bosqich magistrlari bilan davra suhbati o‘tkazildi

✅Suhbat davomida magistrlik dissertatsiya himoyalariga amaliyotdan olingan ma’lumotlar bilan yanada kengroq takomillashtirish hamda hisobotlarni mutaxassislik kafedralariga topshirishi to‘g‘risida tushunchalar berilib o‘tildi.

📌Shuningdek joriy yil 9-fevraldan boshlab o‘quv rejadagi fanlarni to‘liq o‘zlashtirgan magistrlarga magistratura bo‘limi tomonidan yo‘llanma va dasturlar berish boshlanganligini ma’lum qilamiz.